Tashkiliy tuzilma
Xalqaro aloqalar departamenti

Vazifalari
Xalqaro aloqalar departamenti xalqaro oliygohlar, akademik va ilmiy tadqiqot muassasalari, biznes innovatsiyalarga asoslangan tadbirkorlik tashkilotlari bilan hamkorlik uchun hamisha ochiq!
Ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan Memorandum va shartnomalar asosida uzchil rivojlanish, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar tashkillash, xorijiy ta'lim muassasalari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka tashkil etish kabi xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
Xodimlar

Abdurauf Tolibov
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, so'ng Xalqaro Nordik universitetida "Foundation" maktabi boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2024-yil sentabr oyidan hozirgacha Xalqaro aloqalar departamenti boshlig'i sifatida faoliyat yuritib keladi.

Navruz Islamov
Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi. Mehnat faoliyatini davlat boshqaruvi organlarida boshlagan. Davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xalqaro tashkilotlar va Elchixonalar bilan ishlash bo’yicha ko’p yillik tajribaga ega.Hozirda Xalqaro Nordik universiteti Xalqaro loyihalar, protokol va safarlarni tashkil etish bo'limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritadi. Dehli shahrida ITEC dasturi bo‘yicha parlamentlararo hamkorlik loyihasi g’olibi, Moskva shahrida davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi ishtirokchisi, Dubay va Maldiv orollarida "EduTourism" loyihasi spikeri, Seul shahrida ICLEI-SMG O‘zbekiston mahalliy hokimiyat organlari vakillari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi tinglovchisi. Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahri va Makao MMHda tashkil etilgan Macao International Environmental Co-Operation forum & Exhibition ishtirokchisi, Roundtable on Green and Low Carbon Urban Treansformation and Industrial Cooperation spikeri, Protocol Signing Ceremony imzolovchisi.

Rahmatullayeva Shahinabonu Alisherovna
Toshkentdagi Webster universiteti talabasi. 2024-yilning noyabr oyidan Xalqaro Nordik universitetida Xalqaro aloqalar departamenti yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.