Universitet Kengashi — Xalqaro Nordik universitetining doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi. Kengash universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, rahbarlar hisobotini eshitadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.

Kengash a’zolari

Universitet Kengashining 1-son yig‘ilishi 2-ilovasiga binoan tasdiqlangan. 2026-yil 30-yanvar, Rowan binosi, Meeting Room (102).

31 a’zo

  • Sherzod Mustafaqulov Igamberdiyevich1Sherzod Mustafaqulov IgamberdiyevichRektorRahbariyat
  • Muhammadsiddiq Amonboyev2Muhammadsiddiq AmonboyevAkademik ishlar bo'yicha prorektorRahbariyat
  • Odil Qo'ysinov Almuratovich3Odil Qo'ysinov AlmuratovichIlmiy ishlar va Innovatsiyalar bo'yicha prorektorRahbariyat
  • Nuriddin Muradullayev Nasriddinovich4Nuriddin Muradullayev NasriddinovichMoliyaviy ishlar bo'yicha prorektorRahbariyat
  • AO5Akramov Olimxon AxrarovichRektor maslahatchisiRahbariyat
  • Haydarov Abduvohidjon Nurmamat o‘g‘li6Haydarov Abduvohidjon Nurmamat o‘g‘liBosh buxgalterDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Raximberdiyev  Oybek Alisher o‘g‘li7Raximberdiyev Oybek Alisher o‘g‘liAkademik ishlar departamenti boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Maksudov Mashxurbek Abdurahim o‘g‘li8Maksudov Mashxurbek Abdurahim o‘g‘liTa'lim sifatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Xamidova Zulfiya9Xamidova ZulfiyaMagistratura fakulteti dekaniDekanlar
  • Umarov Elshod10Umarov ElshodIqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekaniDekanlar
  • Irisqulov Farxod Sultonboyevich11Irisqulov Farxod SultonboyevichIlmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Qodirov Najmiddin Ne’matovich12Qodirov Najmiddin Ne’matovichIjtimoiy fanlar, jurnalistika kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Lutfullayeva Nigora Xalimbayevna13Lutfullayeva Nigora XalimbayevnaPsixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Miraliyeva Dilafruz14Miraliyeva DilafruzPedagogika kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Narbekova Zuxra Tadjibayevna15Narbekova Zuxra TadjibayevnaChet tillari kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Sabirov Xasan Nusratovich16Sabirov Xasan NusratovichIqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Qurbanniyoz Panjiyev Berdiyevich17Qurbanniyoz Panjiyev BerdiyevichMusiqa ta’limi kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Nasriddinov Dilshod A’zamkulovich18Nasriddinov Dilshod A’zamkulovichXorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiriKafedra mudirlari
  • Abdullayev Munis Kurbonovich19Abdullayev Munis KurbonovichSanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalarKafedra mudirlari
  • Ibroximova Shirmonoy20Ibroximova ShirmonoyAxborot-resurs markazi boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Isaqova Muxtasar Saʼdullayevna21Isaqova Muxtasar SaʼdullayevnaMatbuot kotibiDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li22Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘liMarketing va PR bo‘limi boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Abdurauf Tolibov23Abdurauf TolibovXalqaro aloqalar departamenti boshlig'iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Navruz Islamov24Navruz IslamovXalqaro loyihalar, protokol va safarlarni tashkil etish bo'limi boshlig'iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Topilov Xasan25Topilov XasanIT departamenti boshlig'iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • AB26Azimov Baxtiyor KamildjanovichOperatsion departamenti boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Madieva Zuxra Iskandarbekovna27Madieva Zuxra IskandarbekovnaQabul jarayonlarini tashkil etish departamenti boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • TM28Tulayev Mirzakul SalamovichMoliya klinikasi boshlig‘iDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • Muhammadali Mamadaliyev29Muhammadali MamadaliyevBosh muharrirDepartament va bo‘lim rahbarlari
  • AB30Alixanov Bekzodjon Boriy o‘g‘liXalqaro ekspert, jamoatchilik a’zosiJamoatchilik vakili · online
  • Bakhtigul Tolipova31Bakhtigul TolipovaKengash kotibi v.v.b., HR va xodimlar malakasini oshirish departamenti boshlig‘iKengash kotibi

Kengash qanday ishlaydi

Har oyda 1 marta

Kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi; zarurat bo‘lsa rais navbatdan tashqari yig‘ilish chaqiradi

2/3

A’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qaror haqiqiy sanaladi

Oddiy ko‘pchilik

Ochiq ovoz berish; ovozlar teng bo‘lsa Kengash raisining ovozi hal qiluvchi

5–7 / 5 / 3 daqiqa

Ma’ruza, muzokarada so‘z va axborot uchun ajratiladigan vaqt

Yillik ish rejasi qanday tuziladi

  1. 1

    1-iyungacha

    Prorektorlar, dekanlar, kafedra va departament boshliqlari takliflarini Kengash kotibiga topshiradi

  2. 2

    15-iyungacha

    Kotib takliflarni umumlashtirib, reja loyihasini Kengash raisiga taqdim etadi

  3. 3

    Yangi o‘quv yili, 1-yig‘ilish

    Loyiha Kengash muhokamasidan o‘tadi va rais tomonidan tasdiqlanadi

  4. 4

    1 hafta ichida

    Tasdiqlangan reja barcha bo‘linmalarga yetkaziladi, xodimlar tanishtiriladi

  5. 5

    O‘quv yili davomida

    Har oylik yig‘ilishlar, qarorlar universitet buyruqlari bilan amalga oshiriladi va ijrosi nazorat qilinadi

Kengash to‘g‘risida Nizom

Xalqaro Nordik Universiteti Kengashining 2022-yil 26-sentyabrdagi 1-son yig‘ilish bayonnomasi 3-ilova bilan tasdiqlangan. Toshkent — 2022.

I

Umumiy qoidalar

1.1Ushbu Nizom universitet Kengashi faoliyati (ishni rejalashtirish, muhokama masalalarini tayyorlash, yig‘ilish o‘tkazish va qaror qabul qilish, qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat, ish yuritish va shu kabilar) tartibini belgilaydi.

1.2Universitet Kengashi (bundan keyin — Kengash) universitetning doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi hisoblanadi.

1.3Kengash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qaror va buyruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, Xalqaro Nordik universiteti Ustavi va ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi.

1.4Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegial va individuallikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.

1.5Mazkur Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar Kengash qarori bilan kiritilishi mumkin.

II

Kengash vakolatlari va asosiy vazifalari

2.1Kengash Universitet faoliyatiga oid asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi. Jumladan:

  • ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog va mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni samarali tashkil etish;
  • shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • universitetda normativ-huquqiy hujjatlar, joriy va davlat dasturlari, yillik rejalar, OO‘MTV hay’ati qarorlari va buyruqlari hamda ta’sischilar kengashi topshiriqlarini tegishliligi bo‘yicha bajarish;
  • ta’lim sifatini nazorat qiladi, dastur davomida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda universitet rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash;
  • rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, departament va markaz boshliqlarining universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarni eshitish;
  • prorektorlar, universitet departamentlari va markazlari, fakultet va kafedralar faoliyati yuzasidan vakolatlarini ko‘rib chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan hamda universitet tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga nomzodlarni ko‘rib chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.

Kengash universitet vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni ko‘rishga haqli.

III

Kengash tarkibi

3.1Kengash tarkibi universitet Kengash qaroriga asosan rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

3.2Rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, departament rahbarlari lavozimiga ko‘ra Kengash tarkibiga kiradi.

3.3Kengash yig‘ilishida kafedra mudirlari, tarkibiy bo‘linma rahbarlari, professor-o‘qituvchilar orasidan Kengash a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqiladi, ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

3.4Kengash tarkibiga boshqa manfaatdor idoralar vakillari, uzluksiz ta’lim tizimi muammolari bilan shug‘ullanadigan taniqli olim va mutaxassislar kiritilishi mumkin.

3.5.Kengash raisi

3.5.1Universitet rektori Kengash raisi sanaladi.

* Ta’sischilar kengashi qarori bilan prorektorga yuklatilishi mumkin.

3.5.2Kengash Raisining huquqlari:

  • Kengash tarkibiga universitet xodimlar tarkibida o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish;
  • zaruratga ko‘ra navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirish;
  • zarur hollarda Kengashga yopiq majlis o‘tkazish haqida taklif kiritish;
  • o‘z vazifasini talab darajasida bajarmagan Kengash a’zolariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rishga haqli.

3.5.3Kengash Raisining majburiyatlari:

  • Kengash ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Kengashning yillik ish rejasi, qarorlarini tasdiqlaydi;
  • Kengash yig‘ilishlariga raislik qiladi;
  • Kengash qarorlari ijrosi ustidan umumiy nazorat olib boradi.

3.6.Kengash kotibi

3.6.1Kengash kotibi universitet shtat birligi asosida rektor tomonidan ishga qabul qilinadi.

3.6.2Kengash kotibi Kengash a’zolari kabi huquq va majburiyatlarga ega.

3.6.3Kengash kotibining vazifalari:

  • Kengashning yillik ish rejasini tuzish;
  • Kengash yig‘ilishini tayyorlash, kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarni to‘plash;
  • Kengash yig‘ilishi boshlanishidan oldin qatnashchilarni ro‘yxatga olish, Kengash raisiga Kengash a’zolari va taklif etilganlarning ishtiroki haqida axborot berish;
  • Kengash yig‘ilishi bayonnomalarini yuritish;
  • o‘quv yili yakunlariga ko‘ra Kengash ish rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot tayyorlash.

3.7.Kengash a’zosining huquq va majburiyatlari

Kengash a’zosi:

  • Kengash kun tartibiga masalalarni kiritish bo‘yicha taklif berish;
  • Kengash yig‘ilishida muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildirish, taklif kiritish;
  • Kengash tomonidan tuziladigan komissiya, ishchi guruh va shu kabilarga saylash va saylanish;
  • Kengash qabul qilayotgan qarorlarga munosabat bildirish, takliflar berish;
  • Kengash a’zoligiga saylash va uning tarkibidan chiqarish haqida taklif kiritish;
  • Kengash raisiga navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirish haqida taklif kiritishga haqli.

Kengash a’zosi:

  • Kengash qaror loyihalarini belgilangan muddatdan kech qoldirmay topshirishi;
  • Kengash yig‘ilishidan kamida 10 daqiqa oldin hozir bo‘lishi;
  • kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirishga tayyor bo‘lishi;
  • Kengash qarorlarini joylarda (fakultet, kafedra, departament va shu kabilar) targ‘ib qilishi;
  • Kengash qarorlari ijrosini ta’minlashda shaxsan ishtirok etishi, bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim.
IV

Kengash ishini rejalashtirish va tashkil etish

4.1.Kengash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

4.1.1Kengash ish rejalari universitet ish rejalarini inobatga olgan holda bir o‘quv yili uchun tuziladi hamda Kengash muhokamasidan so‘ng Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

4.1.2Kengash ishini rejalashtirish universitet faoliyatini rejalashtirishning umumiy prinsip va talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

4.1.3Rejada Kengash muhokamasiga kiritilayotgan masalalarning aniq mazmuni, ularni ko‘rib chiqish muddati, masalalarni tayyorlash uchun mas’ullar (Kengash a’zolari va boshqalar), Kengash yig‘ilishi qaror loyihasi va boshqa materiallarni ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan universitet tarkibiy tuzilmalari va xodimlari ko‘rsatiladi.

4.2.Kengash ish rejasini tuzish

4.2.1Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra va departament boshliqlari, boshqa manfaatdor vakillar Kengash ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish uchun o‘z takliflarini har yili 1 iyungacha Kengash kotibiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

4.2.2Kengash kotibi taqdim etilgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradi, reja loyihasini tayyorlaydi, prorektorlar bilan kelishilgan holda har o‘quv yilining 15 iyunigacha Kengash raisiga taqdim etadi. Kengash raisining ko‘rsatmalari asosida qayta ishlangan ish reja loyihasi Kengashning yangi o‘quv yilidagi birinchi yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi.

4.2.3Ish reja loyihasi Kengash yig‘ilishida ma’qullangandan so‘ng Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

4.2.4Kengashning tasdiqlangan ish rejasini Kengash kotibi prorektorlar, fakultet dekani, kafedra va departament boshliqlariga yuboradi, ular esa bir hafta muddat ichida o‘z xodimlarini ish rejasi bilan tanishtiradi va bajarilishi belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida aniq ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Kengashning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar Kengash qarori bilan kiritiladi.

Kengash ish rejasiga kiritilgan masalalarni rejadan chiqarish yoki ko‘rib chiqish muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar masala bo‘yicha mas’ul shaxslarning taqdimotiga ko‘ra Kengash majlisida ko‘riladi. Bunday holda masalani tayyorlash uchun mas’ul shaxs Kengashga tegishli asosnoma taqdim etishi lozim.

Kengash ish rejasi bajarilishi ustidan umumiy nazoratni Kengash raisi amalga oshiradi.

V

Kengash yig‘ilishini o‘tkazish va qaror qabul qilish

5.1Kengash yig‘ilishi har oyda bir marta o‘tkaziladi.

5.2Zarur hollarda Kengash raisining taklifi (roziligi) bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi mumkin.

5.3Kengash majlisi kun tartibi, o‘tkaziladigan kuni, vaqti va joyi Kengash raisi tomonidan belgilanadi.

5.4Kengash kotibi belgilangan ish rejaga muvofiq materiallar tayyorlangandan so‘ng, majlis kun tartibini tuzadi va Kengash raisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

5.5Kengash kotibi Kengash yig‘ilishi boshlanishidan oldin qatnashchilarni ro‘yxatga olishni tashkil etadi. Ro‘yxatga olish yakuni bilan Kengash raisiga Kengash a’zolari va taklif etilganlarning ishtiroki haqida axborot beradi.

5.6Kengashga taklif etilgan shaxslar ularga taalluqli masalalar yuzasidan bo‘ladigan muhokamalarda maslahat ovozi huquqida qatnashadilar. Kengash raisi (raislik qiluvchi) ruxsati bilan ular muzokaralarda qatnashishi, o‘z e’tiroz va takliflarini bildirishi, muhokama etilayotgan masalalar va tayyorlangan hujjat loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etishi mumkin.

5.7Kengash a’zolarini taklif etilganlar bilan tanishtiradi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi, so‘rovlar, ma’lumotlar, murojaatlar va takliflarni e’lon qiladi.

5.8Kengash yig‘ilishi kun tartibi va uni o‘tkazish tartibini ko‘rib chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi.

5.9Ma’ruzalar uchun, odatda, 5–7 daqiqa doirasida, muzokaralarda so‘zga chiquvchilarga 5 daqiqagacha, ma’lumot va axborot berish uchun 3 daqiqagacha vaqt belgilanadi. Zarur hollarda rais (raislik qiluvchi) so‘zga chiqish uchun belgilangan vaqtni o‘zgartirishi mumkin.

5.10Kengash nomiga kelib tushgan shaxsiy ariza va ma’lumotnomalar yig‘ilish ishtirokchilariga rais tomonidan yig‘ilish oxirida yoki muhokama jarayonida bildirilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha so‘zga chiqish raislik qiluvchining qarori bilan to‘xtatiladi, ko‘rilayotgan masala muhokamasi tugatilishi bilan ma’ruzachiga yoki qo‘shimcha ma’ruzachiga xulosa uchun so‘z beriladi.

5.11Kengash majlisida masalalarni muhokama qilish jarayonida bildirilgan ahamiyatga molik e’tiroz va takliflar ko‘rib chiqilishi lozim. Muhokama natijalari raislik etuvchi ko‘rsatmasi bilan majlis bayonnomasida qayd etiladi.

5.12Ovoz yozish va stenografiya, video va foto tasvirga tushirish Kengash raisi (raislik etuvchi) bilan kelishilgan holda yoki Kengash qarori asosida amalga oshiriladi.

5.13Ovoz yozish, stenogramma yuritish, video va fototasvirga tushirish ishlarini tashkil etish universitetning axborot texnologiyalari markazi xodimlari zimmasiga yuklanadi.

5.14Ma’ruza va so‘zga chiquvchilarning ma’ruza matnlari Kengash majlisi yakunlanishi bilan Kengash kotibiga topshiriladi.

5.15Kengashda ko‘riladigan masalalar bo‘yicha Kengash kotibiga qaror loyihalari va boshqa materiallar ushbu sohalarni boshqaruvchi universitet prorektorlari huzuridagi kengashda ko‘rilgach, prorektor tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.

5.16Kengashda ko‘riladigan masalani tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxs uning mazmunidan kelib chiqqan holda, ushbu masalaga taalluqli bo‘lgan qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib chiqadi. Kengash majlisida hisobot shaklidagi masalalar ko‘rilayotganda qaror loyihasiga bajarilgan ishlarga doir ma’lumotnoma hamda hisobot bo‘yicha materiallar asosida tayyorlangan slayd ilova qilinadi.

5.17.Kengash Qarorini qabul qilish

5.17.1Kengash ko‘rilgan masala yuzasidan (hujjatlarda boshqa tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa) ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladi.

5.17.2Kengash yig‘ilishida Kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda Kengash Qarori haqiqiy (vakolatli) sanaladi.

5.17.3Kengash qarori yig‘ilishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan (hujjatlarda boshqa tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilinadi. «Tarafdor» va «qarshi» ovozlar soni teng kelganda Kengash Raisining ovozi hal qiluvchi sanaladi.

5.18.Kengash Qaror loyihalari

5.18.1Kengashda ko‘riladigan masalalar bo‘yicha taqdim etiladigan Qaror loyihalari «e.xujjat» orqali Kengash a’zolariga yetkazilib, loyiha quyidagi talablarga javob berishi:

  • qaror loyihasining asoslovchi qismi aniq ifodalangan bo‘lishi;
  • takrorlarning oldini olish maqsadida qaror loyihasida mazkur masala bo‘yicha oldin qabul qilingan qarorlar e’tiborga olinishi;
  • qaror loyihasi ijro etish muddatlari ko‘rsatilgan holda ijrochilarga aniq topshiriqlar nazarda tutilgan bo‘lishi;
  • qaror loyihasida uning bajarilishini nazorat qiluvchi mas’ul shaxs ko‘rsatilishi shart.

5.19Kengashning avvalgi qabul qilingan qarorlariga o‘zgartishlar kiritish yoki uni bekor qilish zarurati vujudga kelsa, masalani tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxs Kengash raisiga qaror bandining nomi, bayonnomaning tartib raqami va sanasi aniq ko‘rsatilgan hamda qisqacha asoslangan tavsiyadan iborat bildirgi taqdim etadi.

5.20Agar qaror loyihasi yoki boshqa hujjatlar bo‘yicha kelishuv jarayonida masalani tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, bu holda manfaatdor tomon rahbari o‘z e’tirozi, taklif va mulohazalarini qisqacha asoslab, yozma ravishda qaror loyihasiga ilova qiladi.

5.21Rejada ko‘rsatilmagan masalalar Kengashda ko‘rib chiqish uchun tashabbuskorning asoslantirilgan ma’lumotnomasi bo‘yicha faqatgina Kengash raisining ruxsati bilan kun tartibiga kiritiladi.

5.22Kengashning navbatdagi yig‘ilish kun tartibining oxirgi varianti Kengash raisi tomonidan belgilanadi va Kengash kotibi tomonidan tuziladi.

5.23Kengash kotibi navbatdagi Kengash kun tartibini Kengash a’zolariga yig‘ilish davomida yetkazishni ta’minlaydi.

VI

Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qilish

6.1Kengash qarorlari ijrosi ustidan umumiy nazorat Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.

6.2Kengash qarorlari ijrosi ustidan bevosita nazorat, ulardagi topshiriqlar mazmunidan kelib chiqqan holda, ularni amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan Kengash a’zolari zimmasiga yuklatiladi, shuningdek, joriy faoliyat davomida barcha Kengash a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

6.3Kengash doimiy ravishda o‘z majlislarida qabul qilgan qarorlarining ijrosini ko‘rib boradi, ularning ijrosini nazorat qilishga mas’ul shaxslar, prorektorlar, fakultet dekanlari va boshqa departament boshliqlarining amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlarini eshitadi.

6.4Kengash o‘z faoliyati yuzasidan muntazam ravishda xulosalar chiqaradi, shuningdek, Kengash qarorlarini tayyorlash va ularni amalga oshirishda Kengash a’zolarining ishtiroki bilan bog‘liq faoliyati natijalarini tahlil qiladi va majlislarda ko‘rib chiqadi.

6.5Kengash muayyan qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilgan mas’ul (javobgar) shaxslar o‘tgan o‘quv yilida qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishi yuzasidan Kengash oldida doimiy hisobot berib turadilar.

6.6Kengash qarorlari universitetning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

VII

Kengash hujjatlari va ishlarni yuritish

7.1Kengash hujjatlari va ishlarni yuritish Kengash kotibi zimmasiga yuklatiladi.

7.2Kengashning mazmuni bo‘yicha hammaga tarqatilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar aks ettirilgan qaror va boshqa hujjatlar ularni olgan shaxslar tomonidan maxfiy hujjatga tenglashtirilgan holda saqlanadi.

Universitet kengashi kotibi v.b. — B. Tolipova

Rasmiy hujjatlar

PDFKengash to‘g‘risida NizomRasmiy hujjat, 8 sahifa, 2022-yil 26-sentabrYuklab olish
PDFKengash a’zolari ro‘yxati1-son yig‘ilish, 2-ilova, 2026-yil 30-yanvarYuklab olish