Euronews delegatsiyasi tashrifi press-relizi

2024-11-20

Joriy yilning 19-noyabr kuni Xalqaro Nordik universiteti “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ga Euronews mediaxoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Mamlakatimizda professional jurnalist kadrlar tayyorlovchi va jurnalistlarning malakasini oshiruvchi zamonaviy platforma sifatida tashkil etilgan “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” va Euronews mediaxoldingi hamkorligi borasida muzokara o‘tkazildi. Hamkorlik istiqbollari xususida so‘z borgan muzokarada Euronews mediaxoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David, direktorlar kengashi kotibi Fernando Soares, mediaxolding Xalqaro savdo direktori Kelly Styne, “Alpac Capital” investitsiyalar guruhining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha direktori Peter Vajay va guruh moliyaviy maslahatchisi Afonso Guerra ishtirok etdilar.  

 

Nordik universiteti va UZREPORT Axborot agentligi hamkorligida ochilgan "UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi" Jurnalistika yo‘nalishi va mutaxassisligi talabalariga dual ta’lim imkoniyatlari va zamonaviy istiqbollar taqdim etishi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jamoaviy loyihalar, xorijiy ekspert-jurnalistlardan “mahorat darslari”, binar ma’ruzalar uyushtirish va stajirovka masalalarida fikr almashildi.  

 

Shundan so‘ng euronews jamoasi va Akademiyada Jurnalistika ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Nufuzli mehmon Pedro Vargas Devidga UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasining “Faxriy professori” ilmiy unvoni taqdim etildi. 


Uchrashuv tabrik va qutlovlar, qiziqarli ma’lumotlar almashish va muloqot ruhida o‘tdi.


Shuningdek, o‘z platformalarida jahon auditoriyasiga Yangi O‘zbekistonni keng tanitayotgan euronews rahbariyati yurtimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani va Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutayotganini e’tirof etib o‘tdi. “O‘zbekistondan taklifnomalar” turkumida o‘zbek san’ati, madaniyati va turmush tarzini o‘rganuvchi teleko‘rsatuvlar muntazam efirga berib borilishi, yurtimizning boy sayyohlik salohiyati va madaniy merosini targ‘ib qiluvchi axborot kampaniyasini yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.   

Tashrif so‘nggida yuqori martabali mehmon Nordik “Dil izhorlari” kitobida iliq tilaklarini yozib qoldirdi.