Xalqaro bolalar kuni – mehr, e’tibor va saxovat bayrami!

June 02 , 2025
2
1-iyun, Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barchaning qalbi va e’tibori yana bir bor jamiyatimizning eng mehrga loyiq aziz farzandlari — bolajonlar atrofida birlashdi. Ayniqsa, alohida g‘amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bolalar uchun bu sana yanada muhim va quvonchli bo‘ldi.
Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan 522-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotida aynan shunday ezgu maqsad yo‘lida Xalqaro Nordik universiteti tomonidan iliq va mehrga to‘la xayriya tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tashabbus doirasida Nordik universiteti jamoasi tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi, ular bilan birgalikda quvnoq o‘yinlar o‘ynaldi, ijodiy mashg‘ulotlar va musiqiy chiqishlar o‘tkazildi. Bolajonlarning ko‘zlaridagi porloq quvonch, beg‘ubor tabassum va sof samimiyat — Nordik oilasi uchun bebaho mukofot bo‘ldi!
Bu tadbir nafaqat bolalar uchun unutilmas bayram bo‘ldi, balki ijtimoiy mas’uliyat, insoniylik va mehr-oqibat tamoyillarini yana bir bor yodga soldi. Xalqaro Nordik universiteti bundan buyon ham shu kabi ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, jamiyatimizdagi har bir bolaga mehr va e’tibor ko‘rsatishda davom etadi.








So'nggilari

Xalqaro Nordik Universitetining eng faol, iqtidorli va tashabbuskor talabalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi!

2025-yil bitiruvchilari uchun unutilmas voqealardan biri — sirtqi taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi-talabalari bilan universitet rektori, hurmatli Sherzod Mustafakulovning ochiq va samimiy uchrashuvi bo‘ldi.

4-kun, “TasIMO-2025” xalqaro matematika olimpiadasi o‘zining eng hayajonli va tarixiy lahzalaridan birini boshdan kechirdi — g‘oliblarni taqdirlash va yopilish marosimi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

“TasIMO-2025” olimpiadasining uchinchi kuni ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar va ajoyib kayfiyat baxsh etdi! TasIMOchilar navbatdagi manzilga — Green Hills resort, Bo‘stonliq tog‘larining bag‘riga yo‘l olishdi.