Work and travel dasturi

January 10 , 2025

|

36

Yozgi taʼtilda "Work and travel" dasturi talabalarimiz uchun eng qulay imkoniyatlardan biriga aylangan.

Yozgi taʼtilda "Work and Travel" dasturi talabalarimiz uchun eng qulay imkoniyatlardan biriga aylangan.

Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolipov talabalar bilan uchrashib, xorijiy davlatlarda yashash, ishlash va sayohat qilish uchun nimalar talab etilishi, hujjat ishlari, ish turlari, sharoitlar, xarajat va daromadlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berdi. U, shuningdek, talabalarni dasturga qatnashish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘plash va tayyorlash jarayonlari haqida maʼlumot berib, ular uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish maqsadida maslahatlar berdi. Uchrashuv davomida, talabalar o‘z savollarini berishdi va bu dasturdan foydalanish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Abdurauf Tolipov talabalarni xorijiy tajriba orttirish va dunyoqarashni kengaytirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga chaqirdi.

photo-2025-03-10-10-04-41
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-10-10-04-55
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-10-10-04-47
Ko‘rib chiqish