Faxriy professorlar

O‘tkir Rahmatov

July 13, 2026
101

"Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari bosh muharriri

Xalqaro Nordik universiteti Kengashining 2026-yil 1-iyuldagi qaroriga muvofiq, "Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmatga "Faxriy professor" ilmiy unvoni berildi.

Avtobiografiya

Oʻtkir Rahmatov 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi.

1998-yilda „Shuhrat“ medali va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi.

Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Народное слово“ gazetalarining bosh muharriri.

Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.

photo-2026-07-09-15-48-56
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-09-15-48-51
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-09-15-48-57-2
Ko‘rib chiqish