Xalqaro Nordik universiteti Kengashining 2026-yil 1-iyuldagi qaroriga muvofiq, "Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmatga "Faxriy professor" ilmiy unvoni berildi.
Avtobiografiya
Oʻtkir Rahmatov 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi.
1998-yilda „Shuhrat“ medali va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi.
Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Народное слово“ gazetalarining bosh muharriri.
Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.
Faxriy professorlar
O‘tkir Rahmatov
July 13, 2026
113
"Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari bosh muharriri

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish
Chop etish
So'nggilari

Nordik universitetida yuqori akademik natijalarga erishgan, ilmiy, maʼnaviy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan iqtidorli talabalarning ota-onalariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomalari topshirildi.

Millat taraqqiyotida shunday siymolar bo‘ladiki, ular o‘z faoliyati bilan nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod tafakkurini ham boyitadi.

Iqtidorli talabamiz Shahzodabonu Akramova "Yoz ohanglari" xalqaro tanlovida dutor ijrochiligi yo‘nalishida I darajali laureat bo‘ldi.

Musiqa taʼlimi 2-bosqich talabasi Qodirbek Ergashev Turkiyaning Adana shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston Madaniyat Festivalida ishtirok etdi.