Nordik talabalariga harbiy tayyorgarlik uchun yangi maydon ochildi

September 23, 2026
94

Taʼlim, bilim, intizom, mas’uliyat va Vatanga xizmat qilishga tayyorgarlik yoshlarning kelajakdagi hayotida muhim o‘rin tutadi.

Ushbu maqsadda Xalqaro Nordik Universitetida O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida Markazning faoliyati, mos yo'nalishlardagi talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi, amaliy mashg‘ulotlarni harbiy ta’lim muassasalari va harbiy qismlar bazasida tashkil etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, Markazning kutubxona fondi va ilmiy salohiyatidan Nordik talabalari foydalanishi masalalarida ham so‘z bordi.

Uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda xususiy oliygohlar orasida ilk bor Nordik universiteti bilan bunday hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, talabalarni harbiy bilim va amaliy tayyorgarlikdan o‘tkazish, Qurolli Kuchlar rezervi ehtiyojlaridan kelib chiqib, zaxira ofitserlari etib tayyorlash, Markaz bazasida mashg‘ulotlar, amaliyot va stajirovkalar o‘tash, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga kelishildi.

Memorandum doirasida kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar va forumlar, akademik almashinuv va dual ta’lim, bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlik imkoniyatlari kengayadi.

Foto galereya

6
photo-2026-09-23-17-39-17
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-23-17-39-21
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-23-17-39-25
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-23-17-39-30
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-23-17-39-33
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-23-17-39-36
Ko‘rib chiqish