Xalqaro Nordik universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabalari — Kuldasheva Muslimaxon va Nabijonova Marhabo tanlovda universitetimiz sharafini yuksak darajada himoya qilib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi hamda maxsus sertifikat va televizor bilan taqdirlanishdi!
✨ Qizlarimiz nafaqat bilim va zukkolikda, balki pazandalik hamda sahna madaniyatida ham tengsiz ekanliklarini amalda isbotlab, universitetimiz g‘oliblar xazinasini boyitishdi.
Fakultet hayoti
“Qizlar ibosi — millat libosi” tanlovida Nordik talabalari alohida nominatsiyalar bilan taqdirlandi!
October 21, 2026
96
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan milliy qadriyat, latofat va iqtidor ramzi bo‘lgan “Qizlar ibosi, millat libosi” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekligim — o‘zligim” NNT homiyligida hamda oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi!
Foto galereya
3
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring