MUSIC CLUB — musiqa ixlosmandlari uchun ijodiy makon

September 26, 2026
90

Xalqaro Nordik universitetida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, musiqaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Music Club faoliyat yuritadi.

Klub musiqa bilan qiziqadigan, kuylash, cholg‘u asboblarida ijro etish va o‘zining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishni istagan talabalarni birlashtiradi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish va ijodiy tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Music Club doirasida jonli ijrolar, musiqiy mashg‘ulotlar va turli ijodiy tadbirlar tashkil etilib, talabalar uchun erkin va ilhomlantiruvchi muhit yaratiladi.

Foto galereya

1
photo-2026-09-29-12-30-45
Ko‘rib chiqish