DIQQAT! DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR!

June 23 , 2025

|

6

DIQQAT! DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi taʼlim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, 2025-yil II chorak uchun ilmiy faoliyat monitoringi bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA yig‘ilishlari quyidagi tartibda o‘tkazilishi belgilangan:

🔔 DIQQAT! DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi taʼlim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, 2025-yil II chorak uchun ilmiy faoliyat monitoringi bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA yig‘ilishlari quyidagi tartibda o‘tkazilishi belgilangan:


📅 2025-yil 23-iyun (dushanba)

🧾 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha monitoring


📅 2025-yil 24-iyun (seshanba)

🧾 08.00.13 – Menejment

🧾 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosliklari bo‘yicha monitoring


📅 2025-yil 25-iyun (chorshanba)

🧾 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

🧾 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosliklari bo‘yicha monitoring


📝 Eslatma:

✅ Monitoringda har bir tadqiqotchining shaxsiy ish rejasidagi vazifalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dissertatsiya holati maxsus komissiya tomonidan tahlil qilinadi.


✅ Monitoringda ishtirok etish doktorant va mustaqil izlanuvchi uchun majburiy hisoblanadi.


✅ Monitoring hujjatlarini taqdim etmagan yoki yig‘ilishda qatnashmagan izlanuvchilar haqida tartibda belgilangan chora-tadbirlar qo‘llaniladi.


📂 Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

1️⃣ Kafedra darajasida o‘tkazilgan muhokama bayonnomasi

2️⃣ Monitoring hisobot hujjati (bajarilgan ilmiy ishlar asosida)


❗️O'zingiz bilan tegishli hisobot va asoslarini olib keling


📌 Monitoring natijalari universitet Kengashi muhokamasiga kiritiladi.


❗️O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori asosan monitoringda ishtirok etmagan tadqiqotchilar safidan chiqariladi.


📩 Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti