“So‘zlovchi sahifalar” klubi tomonidan Abdulla Qahhorning “Ikki eshik orasi” asari yuzasidan kitobxonlik uchrashuvi tashkil etildi.

September 29, 2026
76

Uchrashuv davomida talabalar asar mazmuni, unda yoritilgan voqealar va obrazlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ishtirokchilar o‘zlariga ta’sir qilgan qahramonlar, asarning asosiy g‘oyasi hamda unda aks etgan insoniy munosabatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida bahs-munozaralar tashkil etilib, asar yuzasidan turli qarashlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlari yoqtirgan qahramon obrazini gavdalantirish orqali ijodiy yondashuvlarini ham namoyon etdilar.

Uchrashuv talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z fikrini erkin ifodalashiga xizmat qildi.

Foto galereya

2
photo-2026-10-02-16-14-11
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-02-16-14-14
Ko‘rib chiqish