Yangiliklar
XNU delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilayotgan ICLEI Sharqiy Osiyo hisobot sessiyasida ishtirok etishmoqda

December 17 , 2024
79
Xalqaro hamkorlik
ICLEI xalqaro tashkiloti va Seul shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Capacity building Program” (Salohiyatni oshirish dasturi) doirasida o‘tkazilayotgan sessiyada kelajakda hamkorlik uchun muhim sohalar aniqlab olinmoqda.
Muzokaralarda Seulning Uglevodsiz yashil o‘sish va barqaror rivojlanish bo‘yicha rejalari bilan tanishilib, keng muhokama etildi. Shuningdek, O‘zbekiston shaharlarining uglerod neytralligi borasidagi muammolarini hal qilish masalasiga e'tibor qaratilmoqda.
Sessiya doirasida mahalliy iqlim bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish, potensial sohalar va ularda faoliyatni yanada chuqurlashtirish kabi dastur bilan bog‘liq mavzularda muhokamalar o‘tkazilyapti.
So'ngi yangiliklar

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!
Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.
Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi.
Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.

Garvard universiteti talabalari ilk bor O‘zbekistonda!
Dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lgan Garvardning 46 nafar magistrant, doktorant va tadqiqotchilari yurtimizga tashrif buyurmoqda.
Ushbu tarixiy tashrif doirasida:
✅ 21-martda - Nordik universiteti rahbariyati, jamoasi bilan Garvard tadqiqotchilari o'rtasida uchrashuv
✅ Ilmiy hamkorlik, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar
✅ Nordikning Navro‘z bayrami tadbirlarida ishtirok etish
✅ Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatining diqqatga molik manzillariga sayohatlar kutilmoqda.
Bu tashrif Nordik va Garvard universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy almashinuvni rivojlantirish va iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi!
🔎 Tashrif tafsilotlari va yangiliklarni kuzatib boring!

Go‘zallik bayrami: Nordik malikalarida isteʼdod va ijodkorlik mahorati ustuvor
Ishtirokchilar o‘z qobiliyatlari, qalb go‘zalligi, intellekti, ijodkorlik va ijtimoiy faollik sifatlarini namoyish etgan holda bellashdilar.
Farzona Saidanvarxo‘jayeva, Gulsora Abduqunduzova, Komila Abdalova, Xurshida Yusupova, Diyora Qo‘chqorova va Sumaya Yuldasheva tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichida barchani hayratga soldilar.
Tanishtiruv, kitobxonlik, intellektual qobiliyat namoyishi va erkin mavzu shartlari talaba-qizlarimizning bor mahoratlarini ochib berishga xizmat qildi.
Ushbu yorqin bahslarda har jihatdan yetakchilikni qo‘lga kiritgan Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talabasi Xurshida Yusupova ustozlari, kursdosh-do‘stlari ishonchini oqlab, "Miss Nordik" nomiga sazovor bo‘ldi!
Muhimi, tanlov davomida ishtirokchilarning do‘stlari va jamoalari ularni faol qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyat sari rag‘batlantirib turdilar. Bu esa universitetdagi jamoaviy ruh, do‘stlik va birdamlik muhitining yana bir yorqin namoyishi bo‘ldi.