Xalqaro press-klub: Finlandiya safariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Xalqaro press-klub: Finlandiya safariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

November 10 , 2022

|

17

Xalqaro Nordik universitetida Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev va Xalqaro press-klub rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalqaro press-klub jamoasining Finlandiyaga tashrifini tashkil etish borasida fikr almashildi. Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi, qator ta'lim dargohlari, yetakchi kompaniyalar va tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazish va reportaj tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Chop etish

So'ngi yangiliklar

Yana bir talabamiz Koreyada taʼlim oladi!

Yana bir talabamiz Koreyada taʼlim oladi!

Nordik universiteti Janubiy Koreyaning Daegu universiteti bilan yangi taʼlim manbalari va resurslari bo‘yicha tajribalar hamda talabalar almashish borasida faol hamkorlik qilmoqda. 


Hamkorlik natijasida Nordikning 1 nafar talabasiga Daeguda o‘qish uchun grant taqdim etildi. 


Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Madinabonu Mahmudaliyeva ushbu nufuzli oliygohda o‘qish uchun Koreyaga yo‘l oladi. O‘qish xarajatlari grant dasturi tomonidan qoplanadi.

24 nafar professor-o‘qituvchiga Finlandiya ta’lim tajribalarini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan malaka oshirish kursi sertifikatlari topshirildi

24 nafar professor-o‘qituvchiga Finlandiya ta’lim tajribalarini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan malaka oshirish kursi sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-27-sonli (28.02.2023-y.) Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi “NORDIC TRAINING” malaka oshirish markazi va Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun qo‘shma malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.

 

  Qo‘shma malaka oshirish kursi 2024-yilning oktabr oyidan boshlab 144 soatlik “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishida tashkil etildi. Malaka oshirish kursida oliy ta’lim muassasalarining 24 nafar professor-o‘qituvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Kurs gibrid shaklida, 72 soat Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida va 72 soati xalqaro reytingda 500 talikdan o‘rin olgan Finlandiya va Shvetsiya universitetlarida tashkil etildi. Malaka oshirish kursiga Finlandiyaning Yuvaskula pedagogika universiteti, Xelsinki universiteti, Kareliya amaliy fanlar universiteti, JAMK universiteti va Shvetsiyadagi ta’lim muassasalarida olib borildi.


Tinglovchilar tomonidan malaka oshirish kursining amaliy natijalari sifatida kichik guruhlarda tayyorlangan loyiha ishlari metodik qo‘llanma sifatida chop etildi. Metodik qo‘llanmada tinglovchilarning mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari hamda Finlandiya ta’lim tizimining alohida jihatlari, ta’lim sifatini takomillashtirish tajribasi, ulardan O‘zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.


Malaka oshirish kursi yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan davlat namunasidagi malaka attestati va Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi “NORDIC TRAINING” malaka oshirish markazi va Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkiloti tomonidan maxsus xorijiy sertifikatlar berildi.


16-yanvar kuni sertifikatlarni topshirish tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov, Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.

Nordik talabalari - bo‘lajak olimlar safida

Nordik talabalari - bo‘lajak olimlar safida

🚀 Talabalarimiz Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi ustozlari ilmiy rahbarligida izlanish va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. 


"Bo‘lajak olim" tanlovi doirasidagi "Ilmiy g‘oyalar" va "Ayollar biznesi uchun birinchi qadam" tanlovlarida 3 nafar talabamiz o‘z loyihalari bilan g‘olib deb topildilar. 


1. Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi Munira Elmuratova - "Vacuum Former" loyihasi (summasi - 67 290 000);


2. Data Science magistratura mutaxassisligi 1-kurs talabasi Ilmurod Kungratov - "Smart Bench" loyihasi (summasi - 100 900 000); 


3. Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Iqboljon G‘anijonov - "Aqlli maysa o‘rar" loyihasi (summasi - 96 540 000). 


Iqtidorli talabalarimizning biznes loyihalari tanlov tashkilotchilari, jumladan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi. 


Loyihalarga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratiladi va hayotga tatbiq etiladi.

XNU kengashida navbatdagi himoyalar muvaffaqiyatli yoqlandi

XNU kengashida navbatdagi himoyalar muvaffaqiyatli yoqlandi

Nordik universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashda navbatdagi himoya ishlari ko‘rildi.


Kengashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Yo‘ldoshev Jahongir To‘raboyevich "O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish" mavzusidagi nazariy va amaliy ahamiyatli himoya ishi mohiyati bilan keng tanishtirdi. 


Shuningdek, Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Isoqov Zafarjon Zokirjonovichning "Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliq va yig‘imlarni undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari" mavzusidagi himoya ishi keng muhokama qilindi. 


Har ikki nomzod PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlarini munosib yoqladilar.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish