Yangiliklar
Xalqaro Nordik Universiteti rektorining sirtqi ta’lim talabalari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda!

March 16 , 2023
78
XNU rektori Sherzod Mustafakulov sirtqi ta’lim talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazmoqda
📌 Universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
🔹 Uchrashuv davomida talabalar quyidagi masalalar bo‘yicha fikr almashmoqda:
✅ O‘quv jarayonlari va baholash tizimi
✅ Yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik
✅ Ilmiy faoliyat va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
🎯 Bunday muloqotlar talabalar uchun o‘z savollarini berish, muammolariga yechim topish va rektor bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatini taqdim etadi.
So'nggi yangiliklar

Ochiq dars adabiyot bayramiga aylandi! ✨
Talabalar darslar davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda namoyon etishdi — badiiy asarlar bo‘yicha bilimlar bellashuvi, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar - bularning barchasi darsni unutilmas lahzalar bilan to‘ldirdi.
Eng faol va iqtidorli ishtirokchilar ustozlari Sitorabonudan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishar ekan, yuzlarida faxr va quvonch aks etdi.
Yana bir yangilik — talabalar darsdan ilhomlanib yaratgan suratli bolalar kitoblarini Pedagogika kafedrasi ustozlari qoshida taqdimot qilib berishdi.

Zukko kitobxon - zukko avlod!
Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.

“Caring the Environment” — ochiq osmon ostida dars!
Interfaol o‘yinlar, brain battle, mini challenges, teamwork va eco-awareness bilan dars qizg‘in kechdi.
O‘qituvchi Durdona Azizova boshchiligidagi bu mashg‘ulot nafaqat bilim, balki motivatsiya ham ulashdi.

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.