Yangiliklar
Xalqaro Nordik universiteti Kengashining 1-yig‘ilishi o‘tkazildi.

September 26 , 2022
60
Kengash yig‘ilishida universitet faoliyatiga oid o‘nga yaqin dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan, 2022-2023 o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tgan qabul jarayonlari bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Akademik departamenti boshlig‘i "Ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari va fanlardan sillabuslarni yaratishning zamonaviy usullari to‘g‘risida" hisobot berdi. Shuningdek, universitet ARM faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar holati o‘rganildi, elektron bazani rivojlantirish choralari belgilandi. Departamentlar, kafedra va boshqa bo‘linmalar faoliyatini tartibga soluvchi qator hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Universitetning o'ziga xos qadriyatlarini shakllantirish maqsadida Korporativ etika kodeksi tasdiqlandi.
Shuningdek, birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun “Orientation Week” dasturi mohokama qilindi.
So'ngi yangiliklar

Hurmatli ota-onalar!
Muloqotda XNU rahbariyati va tegishli tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadilar.
✅ Muloqot davomida:
➖farzandlaringizning o‘qish jarayoni
➖fakultetdagi ta’lim sifati va kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish
➖o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga onlayn javob olishingiz mumkin.
Muloqot vaqti:
📅 Shanba, 15-mart
⏰ Soat 16:00
📍 Onlayn muloqotga qo‘shilish uchun telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:
🔗 https://t.me/xnu_dekanati
🙌 Talabalar taʼlim-tarbiyasida Sizlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!
Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Maxsus pedagogika: “LogoNordik” korreksion yordam markazi ochildi!
Tajribali mutaxassislarimiz tomonidan ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini aniqlash, tashxis qo‘yish va bartaraf etish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatiladi.
Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha korreksion ishlar olib boriladi:
➖ Dislaliya, dizartriya, duduqlanish
➖ Alaliya, autizm
➖ SDVG — giperaktivlik
➖ Daun sindromi
➖ Logopedik massaj
➖ Disgrafiya, disleksiya (yozish va o‘qish buzilishlari)ni bartaraf etishga ko‘maklashiladi.
✅ Ota-onalarga nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur maslahatlar beriladi.
Muhimi, Maxsus pedagogika yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
“LogoNordik” markazi — farzandlarning har jihatdan rivojlanishi yo‘lidagi ishonchli qadamdir!

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.
Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi.
Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.