Yangiliklar
Universitetni kompleks rivojlantirishning harakatlar rejasi tasdiqlandi

January 27 , 2025
150
Nordik universitetining 1-son yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda universitetning yaqin istiqboliga doir 10 dan ziyod muhim masalalar ko‘rildi...
Kengash yig‘ilishida dastlab barcha tuzilmalar tomonidan ishlab chiqilgan, universitetni kompleks rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi uchun takliflar o‘rganildi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi masala - ilmiy faoliyatga doir ishlarning 2024-yil uchun sarhisobi va 2025-yil rejasini tasdiqlash masalasi ko‘rildi. Universitetning davlat ilmiy-texnika dasturlari va boshqa qator yo‘nalishlar doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng tahlil etildi. Ilmiy salohiyatni oshirishga doir zarur vazifalar belgilandi.
Kengashda universitetning xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini mustahkamlash va ishlab chiqilgan mexanizmlar asosida takomillashtirish choralari to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha 7 ta asosiy taklif ilgari surildi.
Shuningdek, Magistratura bosqichi talabalarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi va rasmiylashtirish, virtual olamda aks ettirish, TasIMO-2025 olimpiadasini tashkil etish va xalqaro darajada ommalashtirishning zamonaviy usul hamda vositalari masalalarida hisobotlar tinglandi, vazifalar taqsimlandi.
Kengashda kafedra professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari kesimida Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Universitet pedagog-o‘qituvchilarining ilmiy unvon olishlari uchun tayyorlangan hujjatlari tanishtirilib, Kengash aʼzolarilari tomonidan OAKga taqdim etish uchun bir ovozdan tasdiqlandi.
Shuningdek, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish holati bo‘yicha hisobot tinglandi va ushbu jarayonni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
So'ngi yangiliklar

Hurmatli ota-onalar!
Muloqotda XNU rahbariyati va tegishli tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadilar.
✅ Muloqot davomida:
➖farzandlaringizning o‘qish jarayoni
➖fakultetdagi ta’lim sifati va kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish
➖o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga onlayn javob olishingiz mumkin.
Muloqot vaqti:
📅 Shanba, 15-mart
⏰ Soat 16:00
📍 Onlayn muloqotga qo‘shilish uchun telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:
🔗 https://t.me/xnu_dekanati
🙌 Talabalar taʼlim-tarbiyasida Sizlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!
Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Maxsus pedagogika: “LogoNordik” korreksion yordam markazi ochildi!
Tajribali mutaxassislarimiz tomonidan ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini aniqlash, tashxis qo‘yish va bartaraf etish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatiladi.
Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha korreksion ishlar olib boriladi:
➖ Dislaliya, dizartriya, duduqlanish
➖ Alaliya, autizm
➖ SDVG — giperaktivlik
➖ Daun sindromi
➖ Logopedik massaj
➖ Disgrafiya, disleksiya (yozish va o‘qish buzilishlari)ni bartaraf etishga ko‘maklashiladi.
✅ Ota-onalarga nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur maslahatlar beriladi.
Muhimi, Maxsus pedagogika yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
“LogoNordik” markazi — farzandlarning har jihatdan rivojlanishi yo‘lidagi ishonchli qadamdir!

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.
Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi.
Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.