Yangiliklar
Bir asrning ikki dahosi: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur

February 11 , 2025
411
Nordik universitetida respublika "Nuroniy" jamg‘armasi va O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida sheʼriyat va maʼnaviyat ulug‘lari, davlat arboblari Navoiy va Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov navoiyshunoslik va boburshunoslikning yangi ufqlari, ular ijodining noyob qirralariga ishtirokchilar eʼtiborini qaratdi. Asrlar osha asarlaridagi hikmatlari, insoniy fazilatlar haqidagi qimmatli pand-nasihatlari tafakkurimizni boyitishda davom etayotganini eʼtirof etdi.
Anjumanda so‘z olgan "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi faollari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, professor-olimlarning buyuk daholar haqidagi maʼruzalari tinglandi.
Anjuman g‘azallar, kuy-qo‘shiqlar ijrosi bilan uyg‘un o‘tdi. Nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun Sharq madaniyatining eng buyuk namoyandalari sifatida kelajak avlodga ibratli jihatlari yodga olindi. Zero, bugun ham ularning asarlari bizga o‘zlikni anglash, adolatli va maʼrifatli hayot kechirishda yo‘l ko‘rsatib turibdi.
Nordikda adabiyot haftaligi davom etmoqda. Navoiy, Bobur faoliyati va ijodiga oid savollar ertaligi o‘tkazib borilishini ham eslatib o‘tamiz!





So'nggi yangiliklar

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!
"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir.
"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)
darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir.
"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.
Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Fotoko‘rgazma ochilishi va taqdirlash: bojxonachilarga qo‘sh eʼtibor!
Seminarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, "Toshkent-AERO" bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi va Bojxona instituti axborot xizmatlarining 25 nafar xodimi ishtirok etib, malaka oshirish Sertifikatiga ega bo‘ldilar.
27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir bilim va qadriyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Fotoko‘rgazmada bojxona xodimlarining mehribon ota-onalari tasvirlangan 100 dan ortiq suratlar tomoshabinlarni chuqur hayajonga soldi. Zuhra Ashurovaning ota-onani ulug‘lashga bag‘ishlangan ta’sirli monologlari esa tadbirga iliq ruh baxsh etdi.