"Work and Travel" dasturi uchun saralash boshlanmoqda!

"Work and Travel" dasturi uchun saralash boshlanmoqda!

January 09 , 2024

|

80

“Work and Travel” dasturi uchun insholar tanlovi e'lon qilindi.

Bakalavriat yo‘nalishlari (kunduzgi va sirtqi) talabalarini “Mening "Work and Travel - 2024" dasturidagi ishtirokim” mavzusidagi insholar tanloviga taklif etamiz.

Nega aynan siz ishtirok etishingiz kerak?

Dastur siz uchun qanday ahamiyatga ega va qanday natijalar kutyapsiz?

Dastur muvaffaqiyati uchun qanday hissa qo‘sha olasiz?

Ijodiy ishingizda ushbu ⬆️ savollarga mazmunli va kreativ javoblar kutamiz.

📌 Tanlov talablari bilan tanishish.

⏳ Insholar 2024-yil 31-yanvargacha elektron shaklda (Word, PDF) https://t.me/NIUinsholar2024 telegram kanaliga joylanishi lozim.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.


Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Nordik dunyo investorlari bilan!

Nordik dunyo investorlari bilan!

30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda. 


Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.


Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. 


😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!


Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

U "Iqtisodiyot nazariyasi" ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dotsentlik diplomiga sazovor bo‘ldi. 


Zulfiya Xamidovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgisi ilmiy faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!


Xorijdagi vatanparvar farzandlarimiz uchun hayotiy ahamiyatga ega loyiha

Xorijdagi vatanparvar farzandlarimiz uchun hayotiy ahamiyatga ega loyiha

"Xalq so‘zi" gazetasida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, Shvetsiyadagi elchixonamiz va uning huzuridagi Milliy madaniyat markazi hamkorligida Yevropa davlatlari, xususan Nordik mamlakatlaridagi vatandoshlarimizning farzandlari uchun katta hayotiy ahamiyatga ega loyiha haqida maqola nashr etildi. 


Bu loyiha ona tilini asrash va avlodlar orasida milliy qadriyatlar uzviyligini taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Shunchaki ona tili darsi emas, balki chet ellarda ham milliy o‘zlikni unutmaslik, O‘zbekiston va uning qadriyatlarini qalblarda bardavom saqlash harakatidir. 


Gazetaning bugungi sonida XNU rektori Sherzod Mustafakulovning maqolasini o‘qing.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish