“Spelling Bee” ingliz tili bilimdonlarini bahs maydonida jamladi!

“Spelling Bee” ingliz tili bilimdonlarini bahs maydonida jamladi!

April 01 , 2025

|

80

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Spelling Bee” musobaqasi talabalarni intellektual bahsga chorladi.

20 nafardan ziyod ishtirokchi-talabalarning ingliz tilida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va yozish bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 


5 bosqichdan iborat musobaqada ishtirokchilar A2 dan C1 darajagacha o‘z qobiliyatlarini namoyish etishdi. 


G‘olib bilimdonlarimiz bilan tanishing: 


🥇 1-o‘rin – Doniyor Saidqulov

🥈 2-o‘rin – Ismoil Olimjonov

🥉 3-o‘rin – Risolat Asrorhojiyeva. 


Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


photo-2025-04-01-09-28-04
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-01-09-28-04-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-01-09-28-04-2
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!

Ushbu kitobda:

• Xalqaro va mahalliy savdo

• Xaridorga qiymat yaratish texnikalari

• Real keyslar, testlar va amaliy topshiriqlar

• Raqamli savdo va masofaviy muzokaralar

• Tadbirkorlar va talabalarga zarur maslahatlar mavjud. 


Darslikda qayd etilgan bilimlar muvaffaqiyatli kelishuvlar uchun asos bo‘la oladi. Talabalar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘qish tavsiya etiladi (mualliflar - Gulchehra Xusanova, Usmonjon Habibjonov). 


Savdoni o‘rganing va kelajagingizga sarmoya kiriting!

30 davlatdan 10 000+ ishtirokchi - Bank&Business Expo 2025 da

30 davlatdan 10 000+ ishtirokchi - Bank&Business Expo 2025 da

Forum dunyoning 30 mamlakatidan 10 000 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan yetakchi banklar, FinTech kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar vakillarini, oliy taʼlim muassasalarining raqamli biznes yechimlari sohasidagi olimlari va mutaxassislarini o‘zida jamladi. 


Jumladan, Nordik universiteti yosh olimlari ham anjumanda ishtirok etdilar. Ularning forum panel muhokamasida bugungi kundagi moliya va innovatsiya yo‘nalishlarida yangilik va o‘zgarishlar haqidagi chiqishlari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.


Yirik moliyaviy tadbir raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni bank infratuzilmasiga integratsiya qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarini modernizatsiya qilish kabi ko‘plab mavzularni qamrab oldi.


Banks & Business Expo 2025 mintaqa va dunyoning moliyaviy va biznes hamjamiyatlari ishtirokchilari o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etdi.


Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!

Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.


"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .


Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar

Zakovat maydonida – magistrantlar

G‘oliblar bilan faxrlanamiz! 


🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)

🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)

🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at). 


O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish