Rasmiy kanallarda - biz haqimizda

August 23 , 2022
151
O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan nodavlat universitet ish boshladi
Toshkent shahrida Xalqaro Nordik universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti ish boshladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan.
Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti, “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta’lim maktabi, “Nokia” transmilliy korporatsiyasi, “Finnish Water Forum” va “ISKU” kompaniyasi ushbu universitet bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan mazkur universitet 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlamoqda:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar,
- TU BA (Hons) Xalqaro biznes,
- BU BSc (Hons) Sanoat menejmenti,
- Boshlang‘ich ta’lim,
- Maktabgacha ta’lim,
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha),
- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servis, Axborot xavfsizligi, Multimedia texnologiyalari)
Ta’lim jarayoni Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan tuzilgan 2+2 va 3+1 dasturlari asosida amalga oshiriladi.Xalqaro Nordik universiteti talabalarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda:
- barcha kurslar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar Shimoliy Yevropa mamlakatlari, xususan, Finlyandiyada yozgi amaliyot, Work and travel dasturlari;
- Finlyandiyaning Nokia transmilliy korporatsiyasi, “Kareliya amaliy fanlar universiteti”, “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta’lim maktabi, “Finnish Water Forum” va “ISKU” kompaniyalarida o‘quv amaliyotlari;
- barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun fin o‘qituvchilari tomonidan fin tilini chuqurlashtirib o‘rgatish;
- bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli (yuqori GPA ko‘rsatkichi bilan) tugatganlar uchun magistraturani Finlyandiyada imtiyoz asosida o‘qib kelish imkoniyatlari taqdim etiladi.
So'nggi yangiliklar

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!
Ushbu kitobda:
• Xalqaro va mahalliy savdo
• Xaridorga qiymat yaratish texnikalari
• Real keyslar, testlar va amaliy topshiriqlar
• Raqamli savdo va masofaviy muzokaralar
• Tadbirkorlar va talabalarga zarur maslahatlar mavjud.
Darslikda qayd etilgan bilimlar muvaffaqiyatli kelishuvlar uchun asos bo‘la oladi. Talabalar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘qish tavsiya etiladi (mualliflar - Gulchehra Xusanova, Usmonjon Habibjonov).
Savdoni o‘rganing va kelajagingizga sarmoya kiriting!

30 davlatdan 10 000+ ishtirokchi - Bank&Business Expo 2025 da
Forum dunyoning 30 mamlakatidan 10 000 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan yetakchi banklar, FinTech kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar vakillarini, oliy taʼlim muassasalarining raqamli biznes yechimlari sohasidagi olimlari va mutaxassislarini o‘zida jamladi.
Jumladan, Nordik universiteti yosh olimlari ham anjumanda ishtirok etdilar. Ularning forum panel muhokamasida bugungi kundagi moliya va innovatsiya yo‘nalishlarida yangilik va o‘zgarishlar haqidagi chiqishlari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
Yirik moliyaviy tadbir raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni bank infratuzilmasiga integratsiya qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarini modernizatsiya qilish kabi ko‘plab mavzularni qamrab oldi.
Banks & Business Expo 2025 mintaqa va dunyoning moliyaviy va biznes hamjamiyatlari ishtirokchilari o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etdi.

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!
Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.
"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .
Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar
G‘oliblar bilan faxrlanamiz!
🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at).
O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!