Talaba almashinuvi dasturi amalga oshiriladi

February 23 , 2024
109
XNU va Trento Universiteti o‘rtasida talaba almashinuvi dasturi amalga oshirilmoqda.
📌 Xalqaro Nordik universiteti 2023-yilda Italiyaning yetakchi oliygohlaridan biri – Trento Universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan edi.
📌 Kelishuv doirasida:
✅ O‘qituvchilar va talabalar almashinuvi,
✅ Qo‘shma diplom dasturlari,
✅ Ilmiy-innovatsion sohada qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
🎓 Bugungi muzokaralar natijasi:
Trento Universiteti XNUning bakalavriat va magistratura bosqichlarida bir nafardan talaba uchun bir yillik grant ajratdi.
📌 Grant doirasida:
🎓 Bakalavriat: 1 nafar talaba “Iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🎓 Magistratura: 1 nafar talaba “Xalqaro menejment” yo‘nalishida bir yil davomida mutlaqo bepul ta’lim oladi.
📌 Trento Universiteti haqida:
🏆 Dunyoning eng kuchli oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida TOP-500 talikdan joy olgan.
🎓 16 mingdan ziyod talabaga ega.
📺 Trento universiteti haqida video:
📌 Nomzodlar uchun talablar va muhim jihatlar:
🔗 Batafsil
⚠️ ESLATMA:
📝 Arizalar 2024-yil 10-martgacha Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan qabul qilinadi.
📍 Manzil:
📌 Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 8/2 uy.
📌 Xalqaro Nordik universiteti, 1-bino, 200-xona.
👤 Mas’ul: Shuhrat Toirov – Departament bo‘lim boshlig‘i
Telegram: @shtoirov
🗓 Tanlov natijalari XNU rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi:
Telegram: @nordic_edu



So'nggi yangiliklar

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada
Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari,
mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.

Nordikda amaliyotchi jurnalistlar uchun 5 kunlik trening boshlandi!
O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu treningda professional ustozlardan yangi bilim, yangicha yondashuvlarni o‘rganishmoqda.
Treningda tajribali mutaxassislar - Serdjio Kantone (Euronews bosh muharriri o‘rinbosari), Boyan Brkich (Euronews Qozog‘iston ofisi rahbari) tomonidan mahorat darslari o‘tilyapti.
Treningning 1-kunida kamera oldida so‘zlash mahorati, intervyuga tayyorgarlik va to‘g‘ri savol tuzish kabi muhim mavzular doirasida malaka oshirildi.

Psixologiya: bugun va ertaga! Nordik universitetida muhim forum
Forumning asosiy maqsadi – ta’lim tizimidagi barcha ishtirokchilar - o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar va mutaxassislar uchun psixologik farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali yondashuvlarni aniqlash va amaliyotga joriy etish.
Forum doirasida: zamonaviy psixologik yondashuvlar taqdim etilmoqda. Innovatsion yechimlar muhokama qilinyapti va psixologlar, pedagoglar va ekspertlar o‘zaro tajriba almashyapti.
Forum ochilishida mutasaddilar tomonidan taʼlim jarayonida sog‘lom psixologik muhit yaratish va tizimli yondashuvlarning ahamiyati keng muhokama qilindi.

Psixologiya forumi: zamonaviy chaqiriqlar, innovatsion yechimlar!
Forumda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori Eʼzoza Karimova, Profi universiteti rektori, akademik G‘ayrat Shodumarov, Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Nordik universiteti professor-olimlari, “Dar” “Syntone premium” psixologik markazlari tajribali mutaxassislari ochiq muloqot va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ilmiy-intellektual uchrashuv yangi tajribalarni o‘rganish imkonini beruvchi muhim maydon vazifasini o‘tadi.
“Ta’lim jarayonida ishtirokchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash nima uchun zarur?” mavzusi doirasida ochiq muloqot va fikrlar almashinuvi o‘tkazildi.
Forum davomida ishtirokchilar ko‘rgazma va amaliy mashg‘ulot xonalarida bolalarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan redjio pedagogika, san’at terapiyasi, ertak terapiyasi, neyropsixologiya va emotsional intellekt maydonlarida o‘zaro tajriba almashdilar.
Sho‘ba yig‘ilishlarida inqirozli vaziyatlarda bolalar va ota-onalar bilan ishlash, qarshilikni hamkorlikka aylantirish usullari, psixolog, tarbiyachi-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, raqamli xavfsizlik va psixologiya masalalarida faoliyat olib borildi.
Forumda "Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi uslubiy qo‘llanma" tanlovi e’lon qilinib, psixologik xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Xalqaro forumda ilg‘or davlatlar tajribalari asosida mahalliy sharoitga mos innovatsion yechimlar taqdim etildi. Fikrlar, ilmiy tahlillar va amaliy g‘oyalar asosida kelajak uchun aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. Bu anjuman nafaqat ilmiy almashinuv, balki hamkorliklarga keng yo‘l ochdi.