Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun vebinar!

Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun vebinar!

March 27 , 2023

|

72

XNU va Yonsei universiteti hamkorligida ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha vebinar o‘tkaziladi.

🖇 30-mart kuni soat 16:00 da Janubiy Koreyaning Yonsei Universiteti Iqtisodiyot maktabi bilan hamkorlikda ilmiy vebinar o‘tkazilmoqda.

🔖 Mavzu: Ijtimoiy tadqiqotlarda tabiiy eksperimentlar: RDD misolida

🎙 Spiker: Ulug‘bek Tursunov – Yonsei universiteti doktoranti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti.

📌 Vebinar davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

Bugungi tadqiqotchilarning oldidagi asosiy vazifalar

Tabiiy eksperiment muhitini yaratish usullari

Zamonaviy amaliy ekonometrikaning asosiy metodlari

👉 Vebinarda ishtirok eting va mavzu bo‘yicha savollaringizga javob oling!

🔗 ZOOM orqali ulanish:

💻 Vebinarga qo‘shilish

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Tasdiqlangan adabiyotlar: 


📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova) 


📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova) 


📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov) 


📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov) 


📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev) 


🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)


📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)


📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).


Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.


MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi. 


Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.


Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Nordik dunyo investorlari bilan!

Nordik dunyo investorlari bilan!

30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda. 


Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.


Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. 


😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish