Nordikda “Mehr ulashaylik” nomli konsert dasturi namoyish etildi

Nordikda “Mehr ulashaylik” nomli konsert dasturi namoyish etildi

December 05 , 2025

|

939

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ijtimoiy-maʼrifiy tadbirda jamiyatda nogironligi bor insonlarning imkoniyatlarini keng yoritish, mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash maqsad qilindi.

Unda Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 20 nafar ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilari, universitet professor-o‘qituvchilari, Maxsus pedagogika (Logopediya) yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.


Tadbir mezbonlari — talabalar o‘quvchilarni samimiy kutib oldilar. Bu jarayon yoshlar o‘rtasida iliqlik, hurmat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratdi.


Tadbirni Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida jamiyatda inklyuzivlikning ahamiyati, taʼlim maskanlarining ijtimoiy masʼuliyati va barcha o‘quvchilarning salohiyatini teng qo‘llab-quvvatlash zaruriyati haqida so‘z yuritdi.


77-sonli maktab-internat o‘quvchilari hamda universitet talabalari birgalikda jonli qo‘shiq ijro etdilar. 


Konsert dasturida universitetning musiqa yo‘nalishida tahsil olayotgan ijodkor-talabalar va o'quvchi-yoshlar sheʼrlar, raqslar, kuy-qo‘shiqlar orqali bayram kayfiyatini taqdim etdilar. Birgalikda shaxmat-shashka ham o'ynaldi.


Tadbirning maʼrifiy qismida maktab-internatning fidoyi ustozi Brayl alifbosining paydo bo‘lishi, tuzilishi va undan foydalanish qoidalari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etdi. Ko‘zi ojiz o‘quvchilar qanday o‘qishi, yozishi va bilim olishi mumkinligini amaliy misollar bilan yoritib berdi. 


Tadbir nihoyasida faol o‘quvchilar, yoshlar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

photo-2025-12-05-13-51-20
Предпросмотр
photo-2025-12-05-13-51-21-2
Предпросмотр
photo-2025-12-05-13-51-21
Предпросмотр
photo-2025-12-05-13-51-22-2
Предпросмотр
photo-2025-12-05-13-51-22-3
Предпросмотр
photo-2025-12-05-13-51-22
Предпросмотр