Yangiliklar
Nordik Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi professional "Tarjima Xizmatlari"ni taklif etadi!

April 02 , 2025
228
Xizmat turlari:
✅ Maqolalar
✅ Tezislar
✅ Monografiyalar
✅ O‘quv qo‘llanmalari
✅ Boshqa ilmiy va amaliy materiallar.
O‘zbek, rus tilidan ⏭ ingliz va rus tillariga yuqori sifatda tarjima qilamiz.
Nega aynan biz?
⭐️ Asl mazmun va maʼnoni saqlaymiz – tarjimalar so‘zma-so‘z emas, mazmunan chuqur va aniq bo‘ladi.
⭐️ Har bir buyurtmaga individual yondashuv – matningizning mohiyatiga mos keladigan eng sifatli tarjima.
⭐️ Turli sohalar bo‘yicha tarjima – ilm-fan, biznes, madaniyat va boshqa yo‘nalishlar.
📌 Batafsil maʼlumot va narxlar bo‘yicha biz bilan bog‘laning:
📩 Telegram: @ShuhratovaMuhlisa📞 Telefon: +998 90 055 71 73
🔥 Sifatli tarjima – bilim va ishonch kaliti!
So'nggi yangiliklar

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi
Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.
Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!
"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir.
"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)
darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir.
"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.
Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.