Nordik so‘zining ma’nosini bilasizmi?

December 05 , 2022
261
"Nordic" atamasi skandinaviya tilida "shimoliy orollar" ma’nosini beradi, Shimoliy Yevropa davlatlariga taalluqli.
"Nordic" atamasi mahalliy skandinaviya tilidagi "Norden" so‘zidan olingan bo‘lib, "shimoliy orollar" degan ma’noni anglatadi.
Mahalliy aholi "norbdo" deb ataladi, bu so‘z "shimolliklar" degan ma’noni ifodalaydi.
Shimoliy Yevropa mamlakatlariga Finlandiya, Islandiya, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya va Farer orollari (Daniya qirolligi tarkibidagi avtonom davlat sifatidagi orollar arxipelagi) kiradi.
P.S.: Xalqaro Nordik Universitetining nomidan ham ma'lumki, oliygoh kelajakda talaba-yoshlar manfaatlari yo‘lida ushbu nordik davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab boradi.
So'nggi yangiliklar

Samimiy tashakkur!
Bugun sizlar Finlandiyaga yo‘l olayotgan bo‘lsangiz-da bilimlaringiz va iliq xotiralaringiz Nordik bilan qoladi.
🌟 Rahmat sizga, aziz ustozlar!

Xalqaro tashrif: Nordik uchun yangi imkoniyatlar!
Tashrif Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshdi.
Uchrashuvda nufuzli mehmonlar Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy ta’lim, biznes va investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘ziga xos platformasi bo‘lgan Xalqaro Nordik universiteti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelajak rejalari bilan tanishtirildilar.
Samarali o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Nordikda Estoniya biznes delegatsiyasi!
Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaap Ora va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev forumni ochib berdi va ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga yo‘l ochildi.
Forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, jami 40 dan ziyod Estoniyaning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Estoniya savdo-sanoat palatasi vakili Margus Ilmjarv Estoniya biznes delegatsiyasi vakillarini tanishtirib o‘tdi. Silsteve terminal kompaniyasi direktori Jaanus Paas, Clemco Baltic kompaniyasi vakili Svetlana Laanela va qator yetakchi eston kompaniyalari mutaxassislari biznes manfaatlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdilar.
Biznes forumda ilgari surilgan mavzular, takliflar doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada
Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari,
mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.