Nordik jurnali ISSN-3030-3400 raqamida faoliyat yuritadi.

January 21 , 2024
218
ISSN-3030-3400
Ma'lumot o‘rnida, Nordik ilmiy-amaliy elektron jurnali davriy nashrlarini ISSN (Seriyali nashrlarning xalqaro standart raqamlanishi) tartib raqami orqali davlatlararo standart talablari asosida bo‘lishini to‘liq ta’minlash maqsadida ISSN-3030-3400 (https://portal.issn.org/resource/ISSN/3030-3400) raqami bilan faoliyat olib boradi.
Hurmatli tadqiqotchilar, sizlarning ilmiy topilma va yangiliklaringizni xalqaro talablar asosida nashr etish, nashr etilgan maqolalarni esa xalqaro platformalarda indekslash va buning pirovardida, ilm-fan sohasiga oz bo‘lsada hissa qo‘shish asosiy maqsadimizdir!
🌐 @journal_NIU
❔ @Oybek_RA
☎️ +998 90 215 56 44
So'nggi yangiliklar

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi
Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.
Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!
"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir.
"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)
darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir.
"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.
Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.