WEB DASTURLASH kursiga taklif etamiz!

WEB DASTURLASH kursiga taklif etamiz!

February 14 , 2023

|

113

XNUda WEB dasturlash kursiga qabul boshlandi!

📣 Xalqaro Nordik universiteti Foundation maktabida ochilgan WEB dasturlash kursiga ro‘yxatdan o‘ting va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganing!

💻 Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi:

HTML, CSS, Bootstrap

JavaScript, React.js, Next.js

GraphQL, Node.js, Express.js

MongoDB va server bilan ishlash

🎯 Kurs yakunida quyidagi natijalarga erishasiz:

Veb-saytlarning dizayn qismi (Frontend Development)

Landing page loyihalarini yaratish

Startup loyihalar tayyorlash va ishga tushirish

Full-Stack dasturchi bo‘lish imkoniyati

Loyihalarni serverga yuklash va 30+ onlayn platformalar hamda 50+ dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish

👨‍💻 Darslar tajribali web dasturchi ustozlar tomonidan o‘tiladi.

⚡️ Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

🔗 https://forms.gle/n7HSiGxSaGPkHBnk8

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Nordik universitetida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamrohligidagi delegatsiya va Nordik universiteti rahbariyati o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. 


Delegatsiya tarkibida "EOL Vent Mining", "Sandvik", "Epiros", "Scania", "Skf", "Ericsson", "Atlas Copco" kabi Shvetsiyaning yirik, ilg‘or sanoat kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdilar. Mazkur kompaniyalar konchilik, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va energetika sohalarida innovatsion yechimlari bilan tanilgan.


Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, innovatsion, taʼlim va sanoat hamkorligi asoslarini shakllantirishga ahamiyat qaratildi. 


Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro loyihalari bilan tanishtirildilar. Uchrashuvda ta’lim va sanoat integratsiyasi, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy loyihalar, hamkorlikda inkubatsiya markazlari yaratish, soha mutaxassislarini tayyorlash kabi dolzarb masalalarda fikr almashildi va kelishuvlar amalga oshirildi. 


Nordik universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi strategiyasi Shvetsiya kabi ilg‘or davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy, raqobatbardosh va amaliy bilimlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.


Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.


Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi: 


🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar; 

🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish; 

🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish; 

🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish; 

🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish. 


Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi. 

Graduated: endi ular magistr!

Graduated: endi ular magistr!

Shu kunda universitet ilk bor o‘zining qaldirg‘och magistr-bitiruvchilarini katta hayot sari tantanali kuzatdi. 


Bitiruv oqshomida bitiruvchilar va ularning oila aʼzolari, yaqinlari hamda ustozlar faxr va quvonch bilan ishtirok etdilar.  


Anjuman O‘zbekiston davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Osmonga uchirilgan oq kabutarlar tinchlik, poklik va kelajakka bo‘lgan umid ramzi sifatida yig‘ilganlar qalbiga iliqlik olib kirdi. 


Yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, zamonaviy tafakkurga ega magistrlar oldida universitet rektori, professor Sherzod Mustafakulov ezgu tilaklar bilan chiqish qilib, ularga kelgusidagi ilmiy, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 


Tantanali marosimga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar ilm-fan, taʼlim sohasining yetuk vakillari - bugungi bitiruvchilarning ertangi yetakchilar, tadqiqotchilar va jamiyat bunyodkori bo‘lishlariga chuqur ishonch bildirdilar. 


Shundan so‘ng yuzlarida iftixor, ko‘zlarida quvonch aks etgan bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali topshirildi. Faol bitiruvchi-talabalar universitet jamoasi va ustozlarga dil so‘zlarini izhor etdilar.  


Bitiruv kechasida taqdim etilgan videoroliklar orqali Nordik hayoti - o‘qish davomida kechgan yorqin onlar qayta yodga olindi. "Nordik taronasi" ansamblining mahoratli ustoz sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Universitet Madhiyasi talabalar jo‘rligida ijro etilar ekan, har bir ishtirokchi bu jamoaning bir bo‘lagi ekanidan faxr hissini tuydi. Magistrlar va Nordik uchun bu tarixiy quvonchli lahzalar esdalik suratlariga muhrlandi.  


"Bitiruvchi-2025" nafaqat magistrlar bayrami, balki Nordik universitetining kamol sari dadil odimlayotgan yo‘lida yangi sahifa bo‘ldi. Diplom topshirish marosimi ilm, mehnat va orzular uyg‘unlashgan bayram sifatida tantanali nishonlandi.

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

Ular top darajada o‘qib, o‘z sohalarida nafaqat xalqaro sertifikatga, balki akademik yutuqlari, intellektual qiziquvchanliklari va bilimini oshirishga kuchli intilishlari bilan professorlar e’tirofiga ham sazovor bo‘lishdi.


Endilikda ular AQShda olgan bilim va tajribalarini Nordik talabalari bilan bo‘lishmoqdalar. Lawrencedagi kampus hayoti, taʼlim olish va amerikacha yashash tarzi borasida tajriba va xulosalarini yetkazmoqdalar.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish