Yangiliklar
Finlandiyada ta'lim olish yoki Fin tizimi bo‘yicha ta'limni O‘zbekistonda olishni istaysizmi!?

May 23 , 2023
71
Fin ta’lim tizimi asosida o‘qishni istaysizmi? 2023/2024 yil uchun XNUda qabul boshlandi!
🟢 Yuqori darajadagi xalqaro ta'lim olish;
🟢 Fin va ingliz tillarini kerakli darajada o‘zlashtirish;
🟢 Ta’limda mavjud o‘qitish metod va usullarini xorijiy tajribalar asosida o‘rganish;
🟢 Iqtisodiyot sohasida ishga joylashish mumkin bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
🟢 Xalqaro talabalar almashinuv dasturlarida ishtirok etish kabi kar’yera yo‘llarini bosib o‘tish.
👉 Finlandiya ta’lim tizimi sizni real hayotda faol qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiradi!
📶 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda:
👉 Bakalavriat yo‘nalishlari – Batafsil
👉 Magistratura mutaxassisliklari – Batafsil
😀 Onlayn hujjat topshirish:
So'nggi yangiliklar

Ochiq dars adabiyot bayramiga aylandi! ✨
Talabalar darslar davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda namoyon etishdi — badiiy asarlar bo‘yicha bilimlar bellashuvi, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar - bularning barchasi darsni unutilmas lahzalar bilan to‘ldirdi.
Eng faol va iqtidorli ishtirokchilar ustozlari Sitorabonudan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishar ekan, yuzlarida faxr va quvonch aks etdi.
Yana bir yangilik — talabalar darsdan ilhomlanib yaratgan suratli bolalar kitoblarini Pedagogika kafedrasi ustozlari qoshida taqdimot qilib berishdi.

Zukko kitobxon - zukko avlod!
Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.

“Caring the Environment” — ochiq osmon ostida dars!
Interfaol o‘yinlar, brain battle, mini challenges, teamwork va eco-awareness bilan dars qizg‘in kechdi.
O‘qituvchi Durdona Azizova boshchiligidagi bu mashg‘ulot nafaqat bilim, balki motivatsiya ham ulashdi.

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.