Ta'lim krediti - kelajakka sarmoya

Ta'lim krediti - kelajakka sarmoya

November 29 , 2022

|

187

Ta’lim krediti bo‘yicha 12 ta tijorat bankidan mablag‘ olish yo‘llari va hujjatlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Universitetimizga qabul qilindingiz, biroq to‘lov shartnomasini to‘lashga mablag‘ topolmayapsizmi?

Unda mamlakatimizdagi 12 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim kreditidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Buning uchun talim-krediti.uz saytiga kirib, "Ariza qoldirish" tugmasi orqali onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.

Murojaatingiz bank tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Arizangizga ijobiy javob olingan taqdirda, o‘zingiz tanlagan bank orqali 1 ish kunida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Kreditlar bank tomonidan 14 foizlik stavka bo‘yicha ajratiladi hamda o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.


Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza
  • Pasport
  • Kreditni qaytarish bo‘yicha ta’minot
  • Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Samimiy tashakkur!

Samimiy tashakkur!

Bugun sizlar Finlandiyaga yo‘l olayotgan bo‘lsangiz-da bilimlaringiz va iliq xotiralaringiz Nordik bilan qoladi. 


🌟 Rahmat sizga, aziz ustozlar!

Xalqaro tashrif: Nordik uchun yangi imkoniyatlar!

Xalqaro tashrif: Nordik uchun yangi imkoniyatlar!

Tashrif Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshdi.


Uchrashuvda nufuzli mehmonlar Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy ta’lim, biznes va investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘ziga xos platformasi bo‘lgan Xalqaro Nordik universiteti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelajak rejalari bilan tanishtirildilar. 


Samarali o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Nordikda Estoniya biznes delegatsiyasi!

Nordikda Estoniya biznes delegatsiyasi!

Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaap Ora va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev forumni ochib berdi va ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga yo‘l ochildi.


Forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, jami 40 dan ziyod Estoniyaning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdilar. 


Estoniya savdo-sanoat palatasi vakili Margus Ilmjarv Estoniya biznes delegatsiyasi vakillarini tanishtirib o‘tdi. Silsteve terminal kompaniyasi direktori Jaanus Paas, Clemco Baltic kompaniyasi vakili Svetlana Laanela va qator yetakchi eston kompaniyalari mutaxassislari biznes manfaatlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdilar. 


Biznes forumda ilgari surilgan mavzular, takliflar doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada

Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. 


Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.


Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari, 

mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 


Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish