Международные форумы и проекты
Magistratura bosqichidagi talabalar uchun zo'r imkoniyat!

December 23 , 2024
109
🇨🇭Shvetsariyaning Lucerne universitetining UNESCO homiyligida "Lucerne yozgi universitet: LSUE global konteksda etika" yozgi maktabiga marhamat.
📝Talablar:
✅Barcha fuqarolar.
✅Magistratura bosqich talabalari.
✅Ingliz tilini yetarli darajada bilish.
✅Dastur oxirida 10-12 betli yakuniy ishlanma (final paper) yozib topshirishi kerak.
‼️Kerakli hujjatlar:
✅CV (1 bet).
✅2 nafar professor o'qituvchidan tavsiyanoma (1 betdan).
✅Motivatsiya xati (maksimal 500 so'z).
✅Loyiha taklifining qisqa bayoni.
📍Joyi va vaqti: Shvetsariya, Lyuserna shahri. 2025-yil 23-28-may.
🔖Ro'yxatdan o'tish (https://www.unilu.ch/studium/lehrveranstaltungen-pruefungen-reglemente/tf/lehrveranstaltungen/summer-university-lsue/anmeldung-masterstudierende/) muddati: 2024-yil 30-dekabr.
📚 Xalqaro Nordik Universiteti – birgalikda yuqori marralarni zabt etamiz.
🌎Nordik Xalqaro aloqalar departamenti.
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 8/2 uy. XNU birinchi binosi, 200-xona. +998555084400 (1022)
So'ngilari

II-O'zbekiston - Finlandiya biznes forumi
2025-yil 21-yanvar kuni Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, ”Elematic” hamda Finlandiyaning “East office” kabi yirik kompaniyalari hamkorligida Xalqaro Nordik Universiteti tomonidan 2-O’zbekiston-Finlandiya biznes forumining “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusida xalqaro anjumani tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalarini namoyish etish, shuningdek yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari, tajribalar almashish va hamkorlik muzokaralarini olib borish nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va Saipro Group tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan.
Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Cables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan Sizni joriy yilning 21-yanvar kuni soat 11:00 da Universitetda (Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi 22-А uy) bo’lib o’tadigan biznes forumga ishtirok etishga taklif etamiz.

Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi
30-31-oktyabr, Toshkentda Yevropa Ittifoqi va Nordik universiteti hamkorligida o‘tkaziladi. Maqsad - Barqaror suv harakati! Konferensiya 5 ta davlatning 35 yoshgacha 100 nafar yoshlari, tadqiqotchilar, yosh siyosatchilar, ekspertlarni o‘zida jamlaydi. Eng yaxshi namuna va model bu - yoshlar kuchi! Mintaqaviy konferensiya - eng ilg‘or taklif, yechim va xulosalar uchun!

Xalqaro biznes forum: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatildi
Nordik universitetida o‘tkazilgan biznes forumda ikki mamlakat tadbirkorlariga o‘zaro muzokaralar o‘tkazish, mahalliy bozor va investitsiya salohiyati, biznes va tadbirkorlik xususida ma'lumotlar almashishga qulay imkoniyat yaratildi.
Biznes forum doirasida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Muskat universiteti direktori dr. Khalil Al-Khonji o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikda xorijiy tajribalar va texnologiyalarga asoslangan qo‘shma savdo ob'yektlarini yaratish, biznes sohasida yuqori malakali kadrlar almashish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Biznes forumda "Al Khonji Group" LLC boshqaruv kengashi raisi, Ummon savdo-sanoat palatasi sobiq prezidenti Khalil al-Khonji, "Arabian Industries" SAOC ijrochi direktori, Ummonning qator viloyatlaridagi mehmonxonalar egasi Amur al-Suleimanilar ishtirok etdilar.
Ular O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘yish takliflarini ilgari surdilar.
Forumda "General electric & Trading" Co LLC boshqaruv kengashi raisi Murtadha Hassan Ali tomonidan ummon biznes tajribalari xususida ma'lumotlar berildi. Nufuzli mehmon O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Shuningdek, Ummon savdo-sanoat palatasi sobiq bosh kotibi, faxriy mehmon Abdulazim Abbas, "Oman Oil Marketing Company" SAOG direktorlar kengashi raisi Abdulaziz Saud, "Oman-China investments" LLC ijrochi direktori Su Yuhanglar ham ishtirok etdilar va o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.
Forumda neft va gaz, kimyo, energetika va elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qurilish materiallari, turizm va boshqa sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi e’tirof etildi.
Xalqaro Nordik universiteti va Ummon sultonligi kompaniyalari rahbariyatlari o‘rtasida o‘qitish, kadrlar tayyorlash, ta'lim sohalarida ham tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.
Forum so‘nggida Biznes-ombudsman Jamshid Urunov Xalqaro Nordik universiteti va Elchi xonimga minnatdorchilik bildirdi.
Nufuzli delegatsiya a'zolari Nordik universiteti dil izhorlari kitobiga o‘zlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdilar.