Xalqaro bolalar kuni – mehr, e’tibor va saxovat bayrami!

June 02 , 2025
49
1-iyun, Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barchaning qalbi va e’tibori yana bir bor jamiyatimizning eng mehrga loyiq aziz farzandlari — bolajonlar atrofida birlashdi. Ayniqsa, alohida g‘amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bolalar uchun bu sana yanada muhim va quvonchli bo‘ldi.
Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan 522-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotida aynan shunday ezgu maqsad yo‘lida Xalqaro Nordik universiteti tomonidan iliq va mehrga to‘la xayriya tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tashabbus doirasida Nordik universiteti jamoasi tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi, ular bilan birgalikda quvnoq o‘yinlar o‘ynaldi, ijodiy mashg‘ulotlar va musiqiy chiqishlar o‘tkazildi. Bolajonlarning ko‘zlaridagi porloq quvonch, beg‘ubor tabassum va sof samimiyat — Nordik oilasi uchun bebaho mukofot bo‘ldi!
Bu tadbir nafaqat bolalar uchun unutilmas bayram bo‘ldi, balki ijtimoiy mas’uliyat, insoniylik va mehr-oqibat tamoyillarini yana bir bor yodga soldi. Xalqaro Nordik universiteti bundan buyon ham shu kabi ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, jamiyatimizdagi har bir bolaga mehr va e’tibor ko‘rsatishda davom etadi.








So'nggilari

DIQQAT! DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi taʼlim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, 2025-yil II chorak uchun ilmiy faoliyat monitoringi bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA yig‘ilishlari quyidagi tartibda o‘tkazilishi belgilangan:

Bu imkoniyatlar kimlar uchun?

Xalqaro Nordik Universitetining eng faol, iqtidorli va tashabbuskor talabalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi!

2025-yil bitiruvchilari uchun unutilmas voqealardan biri — sirtqi taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi-talabalari bilan universitet rektori, hurmatli Sherzod Mustafakulovning ochiq va samimiy uchrashuvi bo‘ldi.