Fakultet hayoti
Universitet - maktab hamkorligi: o‘quvchilar Nordik bilan zakovat sari!

May 07 , 2025
4
Nordik universiteti dekanati tashabbusi bilan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 327-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi tashkil etildi.
Intellektual bahslarda 6 ta jamoa aql, bilim va tezlikda peshqadam bo‘lishga intildilar. Musobaqa yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi. Faol ishtirokchilarga Nordik universitetining esdalik sovg‘alari topshirildi va oliy taʼlim imkoniyatlari bilan ham tanishtirildi. rus tiliga tarjima qil





So'nggilari

Motivatsion Club klubi tomonidan universitet psixologi bilan hamkorlikda qo‘rquvni yengish bo‘yicha amaliy psixologik trening o‘tkazildi. Ushbu treningda ishtirokchilarga nafaqat o‘z ichki qo‘rquvlarini engish, balki psixologik barqarorlikni saqlash va ruhiy salomatlikni yaxshilash yo‘llari ham o‘rgatildi. Treningda qo‘rquv va stressni yengish uchun turli metodlar, shu jumladan, yaratish va ijodkorlik orqali o‘zini ifoda etish usullari ham ko‘rib chiqildi.

Nordik Speaking Club klubi tomonidan o‘tkazilgan piknikda til sertifikati olish uchun yuqori natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha maxsus master-klass suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda ishtirokchilarga til o‘rganish jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan samarali strategiyalar, amaliy maslahatlar va foydali usullar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Xalqaro Nordik Universiteti Suxandonlik klubi tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida ilhom, quvonch va ma'naviy yuksalishga boy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu oddiy tadbir emas edi — bu yurakdan chiqqan so‘zlar, so‘z orqali yurakka yetgan his-tuyg‘ular uchrashuvi bo‘ldi.

KitobLab klubi har doim o‘zining noyob va jozibali faoliyati bilan ajralib turadi. Bu klub faqatgina kitob o‘qish bilan cheklanmaydi, balki ijodkorlik, fikrlash va mulohaza qilishni ham o‘zida mujassamlashtiradi. Har bir uchrashuvda ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishadi, balki o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, tanqidiy fikrlash va adabiyotga nisbatan chuqurroq qarashlarni rivojlantiradilar.