Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi press-relizi
“Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish” mavzusida Toshkent shahrida o‘tkazildi
2024-yil 30-31-oktabr kunlari “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish” mavzusidagi mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya O‘zbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili va Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “UzReportTV” axborot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiya suv resurslarini boshqarish va odamlar o‘rtasidagi aloqalarning muhim mavzulari bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Yo‘l xaritasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlagan holda Markaziy Osiyoning beshta davlatidan 35 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin ishtirokchini o‘zida jamladi. Jumladan, talabalar, tashabbuskor yoshlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari, yosh siyosatchilar, shuningdek, hukumat ekspertlari vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Zulfiya Suleymenova, Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Jamshed Shoimzoda nutq so‘zladilar.
Konferensiyada Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar elchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillari, shuningdek, YXHTning Oʻzbekistondagi vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi delegatsiyalari vakillari ham ishtirok etdilar.
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi Markaziy Osiyoning yosh liderlarini mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish va ularni tinglash, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo kun tartibini ilgari surishda ishtirok etishni targ‘ib qilish imkoniyatini berdi. Xususan, Barqaror suv harakatiga e’tiborlari jalb qilindi. Konferensiya Markaziy Osiyo va mintaqalar bo‘ylab mintaqaviy muloqot va sheriklikni kuchaytiradi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining jamoatchilikka ta'siri va ko‘rinishini oshiradi, iqlim barqarorligi va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarini tushunishni ta’minladi.
Konferensiya Ochilish, Oliy darajali panel va Barqaror suv harakati boʻyicha Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligi hamda Markaziy Osiyodagi suv inqirozini hal qilishda yoshlarning roliga bagʻishlangan ikkita tematik sessiyadan iborat boʻldi. Bundan tashqari, Konferensiya bir nechta interaktiv seminarlarni o‘z ichiga oldi, ular davomida ishtirokchilar suvdan foydalanish samaradorligi, tejamkorlik va suv diplomatiyasi kabi o‘zaro manfaatli suvga oid mavzularni muhokama qildilar.
Shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining tajriba maydoniga (Suvchilar maktabi) ekskursiya o‘tkazildi, bu esa ishtirokchilarga amaliy tajriba orttirish imkonini berdi.
Ushbu noyob konferensiya Markaziy Osiyoning yosh yetakchilari uchun suv bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bildirish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi va ko‘plab sohalarda hamkorlik va fikr almashishga yordam berdi.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili ofisi