"Work and travel" press-relizi

2024-06-18

Ma’lumki, Xalqaro Nordik universiteti yurtimiz ta’lim islohotlariga hissa qo‘shish maqsadida Shimoliy Yevropa davlatlari, xususan Finlandiyaning qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. XNUda Finlyandiya bilan hamkorlikda 2023 yilning sentyabr oyidan 3 ta ta’lim yo‘nalishi, xususan “Sanoat menejmenti”, “Xalqaro biznes” va “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” bo‘yicha DOUBLE DEGREE dasturining amaliyotga joriy etilishi belgilangan.  

XNUda ta’lim jarayoni fin modeli, Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan tuzilgan "1+3" va "2+2" kabi dasturlar asosida amalga oshiriladi. Talabalarimizga ta’lim dasturi tanlovlari asosida ushbu xorijiy universitetda ta’lim olish imkoniyati taqdim etiladi. 

Shuningdek, talabalarimiz uchun ish va sayohat dasturi asosida yozgi ta’tilni Finlandiyada o‘tkazish imkoniyati yaratilmoqda. Ayni paytda universitetimizning bir guruh talabalari ana shunday xalqaro imkoniyatlarimizdan unumli foydalanmoqdalar. Bir guruh talabalarimiz ustozlar boshchiligida "Work and travel" dasturi asosida Finlyandiyadalar. Ularni Karelia UAS ko‘p tarmoqli xalqaro va innovasion universitet prezidenti Petri Raivo kutib olib, universitetning o‘ziga xos kampusi, Joyensuu ilmiy parki, Finlandiya kutubxonalarining faoliyati va boshqa o‘ziga xosliklar bilan tanishtirdi.  

18 iyun kuni navbatdagi delegatsiya – ustozlar boshchiligidagi bir guruh talabalar 3 oyga Finlyandiyaga yo‘l olmoqdalar. Professionallik va daromad sari yo‘l sanalgan "Work and travel" dasturi asosida Finlyandiyaga yo‘l olmoqdalar. Ushbu dastur kasbiy bilimlarni egallash, fin, shved va turfa madaniyat hamda qadriyatlar almashish bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bu fusunkor yurtning mo‘jizakor ne’matlari bilan tanishiladi. 

17-iyun kuni Finlandiya safari oldidan uchrashuv o‘tkazildi. Dastur doirasida universitetimiz hamkori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ekspertlari tashrif buyurdilar va Finlandiyaga ketayotgan talabalarga o‘z maslahatlari, kerakli tarqatma materiallar taqdim etishdi. 

Bu uchrashuv talabalarni chet davlatga borib, adaptatsiya bo‘lishlari, mehnat va sayohatlarini to‘g‘ri amalga oshirishlari uchun juda katta yordam beradi.  vbds

"Work and travel" dasturi bo‘yicha Finlyandiyaga yo‘l olayotgan talabalarni tabiiy o‘rmonlar, ajoyib baliq ovlari va mavjli ko‘llarda qayiqlarda sayr qilish zavqi kutmoqda! 

Finlyandiyada ushbu dastur bo‘yicha bo‘lib turgan vakillarimizning ma’lumot berishlaricha, mamlakatda qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik keng rivojlangan. O‘rmon xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining qadimiy tarmog‘i sanaladi. Bioiqtisodiy yondashuvlarni sanoat amaliyotiga joriy etadigan kadrlar tayyorlashda Finlandiya tajribalarini o‘rganish qo‘l keladi.