“Bitiruvchi–2025”: Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi

May 22 , 2025

|

24

2025-yil bitiruvchilari uchun unutilmas voqealardan biri — sirtqi taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi-talabalari bilan universitet rektori, hurmatli Sherzod Mustafakulovning ochiq va samimiy uchrashuvi bo‘ldi.

Mazkur tadbir do‘stona muhitda, iliq kayfiyatda o‘tdi. Rektor talabalar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi, berilgan savollarga batafsil va hayotiy javoblar berdi. Uchrashuv davomida bitiruvchilarga kelajak hayot yo‘lida zarur bo‘ladigan maslahatlar, professional o‘sishlari va shaxsiy taraqqiyotlari uchun foydali tavsiyalar berildi.

Ilm olish yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, aʼlo baholari va universitet hayotidagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan iqtidorli bitiruvchilarga Rektor nomidan “Rahmatnoma”lar tantanali ravishda topshirildi. Bu e’tirof nafaqat ularning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini, balki jamiyat oldidagi burchini yuksak darajada anglaganliklarini ham ko‘rsatdi.

Tadbir yakunida ustozlar bitiruvchilarga o‘z tilaklarini izhor etib, ularning kelgusida jamiyatimiz uchun kerakli, halol, bilimli va tashabbuskor mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdilar.

Mazkur uchrashuv nafaqat bitiruvchilar uchun muhim ruhiy dalda bo‘ldi, balki universitet va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamladi.

photo-2025-05-22-11-19-01
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-22-11-19-00
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-22-11-19-00-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-22-11-19-00-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-22-11-19-01-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-22-11-19-01-3
Ko‘rib chiqish