Xalqaro Nordik universitetida OIV bo‘yicha viktorina o‘tkazildi

October 29, 2026
140

Xalqaro Nordik universitetida «IMKONIYAT» Respublika jamoat birlashmasi va Zoomerlar tashabbuskor guruhi tomonidan WeEmpower loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida OIV mavzusida interaktiv viktorina tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi — talabalarning OIV/OITS haqidagi bilimlarini oshirish, OIVning yuqish yo‘llari, profilaktikasi va davolash usullari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, shuningdek, OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan bag‘rikeng munosabatni shakllantirish hamda stigma va diskriminatsiyaning oldini olish.

Viktorina davomida talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, OIV haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotlarni mustahkamladilar va OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan hurmatli, kamsitishsiz munosabatni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor angladilar.

Foto galereya

2
photo-2026-10-30-10-14-10
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-30-10-14-07
Ko‘rib chiqish
Xalqaro Nordik universitetida OIV bo‘yicha viktorina o‘tkazildi - Nordic International University